1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Oʻzbekiston va Pokiston o'rtasida savdo hajmini 2 milliard dollarga oshirish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Islomobodda qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Pokiston o'rtasida savdo hajmini 2 milliard dollarga oshirish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

 

6-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan birgalikda qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi.

 

Forumda ikki mamlakatning 300 dan ortiq yetakchi sanoat korxonalari, savdo kompaniyalari va tarmoq tashkilotlari vakillari qatnashdi. Pokiston tomoni “PEL”, “Waves Singer”, “Fauji”, “Platinum”, “Engro”, “Pakistan Steel Mills” kabi yirik kompaniyalar bilan ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari forumda oliy darajadagi muzokaralar Oʻzbekiston–Pokiston munosabatlarini, xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bayonnoma imzolandi.

 

Forum doirasida kompleks “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish mexanizmi joriy qilinadi. Oʻzbekiston Prezidenti farmatsevtika va tibbiyot, yengil sanoat, kon-metallurgiya, oziq-ovqat xavfsizligi, transport-logistika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini alohida taʼkidladi.

 

Tadbir yakunida yetakchilar qoʻshma Bayonnoma va bir qator investitsiyaviy hamda savdo kelishuvlarini imzoladilar. Shu bilan birga, transport va logistika sohasidagi amaliy loyihalar, jumladan, “Pokiston–Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi yuk tashish va aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi rejalar ham belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика