1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi maxfiy tunnel aniqlandi

Yashirin yo‘l uylarning birida joylashgani aytilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi maxfiy tunnel aniqlandi

 

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yana bir tunnel fosh etildi. Mazkur tunnel Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

 

Tunnelning Qorasuv tumanidagi uylardan birida joylashgani qayd etildi. 13 metr chuqurlikda joylashgan tunneldan o‘tish 2x1,7 metr o‘lchamdagi yo‘lak orqali taʼminlanadi. Uning umumiy masofasi — 177 metr.

 

Yerosti tunneli egasi Qirg‘iziston fuqarosi M.I.M. o‘tgan yilning sentyabr oyida R. ismli shaxs bilan tanishib, ikki davlat o‘rtasida tunnel qazishni maqsad qilgan.

 

Tunnel orqali Qirg‘izistondan O‘zbekistonga valyuta va tovarlar olib o‘tish rejalashtirilgan.

 

M.I.M. o‘z aybini inkor etmagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика