1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistondan sug‘orish uchun olgan suvga nega pul to‘lamaydi? — deputat

Qirg‘iziston parlamentida qo‘shni davlatlarga yetkazib berilayotgan sug‘orish suvi va uning iqtisodiy mexanizmlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistondan sug‘orish uchun olgan suvga nega pul to‘lamaydi? — deputat

Qirg‘iziston Jogorku Keneshining Agrar siyosat, suv resurslari, yer osti boyliklaridan foydalanish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi yig‘ilishida mintaqaviy suv resurslaridan foydalanish va sug‘orish suvi uchun to‘lov masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Kaktus media nashri xabar berdi.

 

Yig‘ilish davomida deputat Umbetali Qidiraliyev global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv tanqisligi kuchayib borayotganini ta’kidlab, Qirg‘izistondagi gidroelektr stansiyalar suv omborlaridagi suvning qariyb 80 foizi Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berilishini qayd etdi. Deputat mazkur jarayon doirasida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha iqtisodiy mexanizmlar qanday shakllantirilayotgani yuzasidan savol ko‘tardi.

 

Bosh vazir o‘rinbosari, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Baqit Torobaev O‘zbekiston va Qozog‘iston Kambar-Ota GESi qurilishida ishtirok etayotgani ushbu davlatlarning suv resurslaridan foydalanishga qiziqish bildirayotganini ko‘rsatishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, u Kempir-Obod suv ombori O‘zbekiston bilan 50/50 nisbatda boshqarilishini, Kirov va Orto-Tokoy suv omborlari esa Qirg‘iziston nazoratida ekanini eslatdi. Suv taqsimoti hajmi har yili davlatlararo komissiyalar tomonidan belgilanadi.

 

“Qirgʻiziston ushbu gidroelektr inshootlarini saqlashdan hech qanday iqtisodiy foyda koʻrmayaptimi? Taʼmirlash ishlari olib borilishi, suvni saqlash va toʻgʻonlarni tekshirish kerak. Asosan, xarajatlar bor! Hatto AQSh ham Kanadaga suv uchun, Germaniya esa Shvetsiyaga pul toʻlaydi. Xoʻsh, nega Qirgʻiziston suv uchun pul olmaydi? Bu xalqaro huquq!”, dedi Qidiraliev.

 

Energetika vaziri o‘rinbosari Nasipbek Kerimov mazkur yo‘nalishdagi ishlar energetika kompaniyalari bilan hamkorlikda olib borilayotganini ma’lum qildi.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Baqit Torobayev ushbu masalaga oid ayrim ma’lumotlar maxfiy xarakterga ega ekanini ham qayd etdi. Shuningdek, Qirg‘iziston rahbariyati qo‘shni davlatlardan gidroinshootlarni ta’mirlash xarajatlari uchun majburiy to‘lov talab qilmaslik pozitsiyasini bildirgani ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика