O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha “yashil” energetika yo‘lagiga qo‘shilishdan manfaatdor. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
22-noyabr kuni Ozarbayjon Energetika vazirligi rahbari Parviz Shahbozov va Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto Yevropa davlatlariga elektr energiyasi eksporti masalasini muhokama qildi.
Xususan, Kaspiy-Qora dengiz-Yevropa energiya koridori bo‘ylab elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Vengriya orqali o‘tadigan ko‘prik yaratishini taʼkidladi.
14 noyabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon vakillari Bokuda ekologik toza elektr energiyasini mamlakatlar hududlari orqali uchinchi davlat isteʼmolchilariga o‘tkazish loyihasini muhokama qildi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasini eksport qilishga kelishib oldi.


