O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari chegarasida yangi nazorat punktlari ochiladi. Tojikistondan O‘zbekistonning Toshkent viloyatiga o‘tish mumkin bo‘lgan Bekobod o‘tish punkti ishini davom ettiradi. Tezkor bojxona tekshiruvi joriy etiladi. Chegaradagi o‘tish joylarida transport vositalarining bloklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston va Tojikistonning chegaralarida 9 ta punkt bor. Shulardan to‘rttasidan temir yo‘l o‘tadi. To‘rttasi avtotrassali o‘tish punkti. Faqat Sariosiyo o‘tish punkti faqat piyoda o‘tish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston atrofini 5 davlat o‘rab turadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston. Har bir davlat bilan bir nechtadan chegara o‘tish punktlari bor:
Qozog‘iston bilan 4 chegara o‘tish punkti mavjud, shundan uchtasi Toshkent viloyati, bittasi Nukus shahrida;
Qirg‘iziston bilan ikki chegara o‘tuv punkti Andijonda joylashgan;
Turkmaniston bilan uchta Buxoro, Xiva va Xo‘jayli (Nukus) o‘tuv punklari mavjud;
Afg‘oniston bilan faqat Termizdagi Hayraton o‘tish qismi bor.


