O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi turistik yo‘nalish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu xaqda "Sputnik Tadjikistan" xabar berdi.
Endilikda turistlarga ikki mamlakat o‘rtasida sayohat qilish imokoniyati yaratiladi. Xususan, turistik poyezd orqali Andijon — Konibodom — Xo‘jand — Dushanbe — Samarqand — Buxoro — Qarshi shaharlariga borish mumkin.
"So‘g‘d temir yo‘llari" korxonasi rahbari Ubaydullo Obidovning maʼlum qilishicha, ushbu loyiha uchun poyezdlar tayyor. Shu bilan birga u bu yo‘nalish ikki yil oldin ishga tushirilishi lozimligi, ammo pandemiya tufali ortga surilganini taʼkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


