Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida 23 ta hamkorlik hujjati imzolandi:
— Viza protseduralarini soddalashtirish to‘g‘risida Bitim;
— Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida Bayonnoma;
— Ikki davlatning adliya vazirliklari va fan akademiyalari o‘rtasida Memorandum;
— 2024 yilgacha madaniy-gumanitar sohada hamkorlik Dasturi;
— Biologik xilma-xilligini saqlash haqida Bitim.
— 2025 yilgacha o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Reja,
— Mineral o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi va energetika sohasida xo‘jalik shartnomalari;
— Kimyo sanoati bo‘yicha Memorandum;
— Chegaraoldi savdo markazi hamda tovar ayirboshlash hajmini oshirish to‘g‘risida Bitimlar,
— Investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro tovar yetkazib berish to‘g‘risidagi hamda Metrologiya sohasidagi Memorandum;
— Statistika va bandlik sohasidagi Memorandum;
— Suv tejash texnologiyalarida hamkorlik bo‘yicha Memorandum;
— Tranzit tashuvlar sohasida va temir yo‘l administratsiyalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida Memorandum;
— Axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum, Gurlan-Toshhovuz o‘tkazish punktlarini ishga tushirish bo‘yicha Bayonnoma;
— Bojxona maʼlumotlarini almashish to‘g‘risida Bayonnoma;
Shuningdek, muzokara doirasida mamlakatlarning Qo‘shma bayonotni ham imzolandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi har bir uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega ekani taʼkidlagani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


