Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida qayd etilgan.
Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 19,57 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 foizga o‘sgan.
Aprel oyida O‘zbekiston oltin eksportini 650 million dollargacha qisqartirdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metallni xorijga yetkazib berish umumiy hajmi 3,06 milliard dollarni tashkil etgan.
Maʼlumot o‘rnida: Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):
— Xitoy — 3,3 milliard;
— Rossiya — 2,9 milliard;
— Qozog‘iston — 1,5 milliard;
— Turkiya — 1,0 milliard;
— Koreya — 802,1 million;
— Germaniya — 787,4 million;
— Qirg‘iz R. — 326 million;
— Turkmaniston — 312,6 million;
— Afg‘oniston — 259,5 million;
— Fransiya — 253,6 million.


