1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston YEIdan Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan bo‘lishi mumkin

FT bu bo‘yicha ayrim maʼlumotlarni ochiqladi.

O‘zbekiston YEIdan Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan bo‘lishi mumkin

 

O‘zbekiston hukumati Yevroittifoq bilan yaqinda o‘tkazilgan muzokaralarda Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan bo‘lishi mumkin. bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Toshkent Usmonovga qarshi sanksiyalar O‘zbekistonga investitsiya kiritishiga xalal berayotganini taʼkidlagan. Mamlakat TIV FT‘ning ushbu holat yuzasidan bergan savoliga aniq javob bermagan.

 

Bundan tashqari, milliarderning singlisi Gulbahor Ismoilovadan ham sanksiyalar olib tashlanishi masalasi ham ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Ismoilova 600 million dollarlik “Dilbar” superyaxtasiga yuridik jihatdan egalik qilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика