1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Muzokaralarda mehnat migrantlari, talabalar, haydovchilar va turistlar uchun viza jarayonlarini yengillashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya bo‘yicha bosh direktorati ekspertlari bilan viza tartibini soddalashtirish yuzasidan muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

TIv Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining Yevropa davlatlariga mehnat faoliyati, ta’lim olish, yuk tashish hamda turistik maqsadlarda borishi uchun viza tartib-taomillarini yengillashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

 

Shuningdek, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan qator shartlarni belgilab berdi. Tomonlar ushbu maqsadlarga tezroq erishish uchun muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика