O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida 603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 10 oyi davomida:
-
1 289 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan;
-
10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilgan;
-
5 603 nafar shaxsga asossiz qo‘yilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarilgan;
-
8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilingan;
-
4 934 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan;
-
27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilingan;
-
9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrog‘i bilan almashtirilgan.


