1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ma’lum qilindi

Uzoq umr ko‘ruvchilarning 70 foizidan ortig‘ini ayollar tashkil etadi.

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ma’lum qilindi

 

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi hisobida turgan va hozirda pensiya olayotgan 100 yoshga to‘lgan hamda undan katta fuqarolar soni 461 nafarga yetdi. Ularning 131 nafari erkak, 330 nafari esa ayollar ekani qayd etilgan.

 

Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p 100 yoshdan oshgan pensionerlar Qashqadaryo (73 nafar), Surxondaryo (69 nafar) va Toshkent viloyatida (41 nafar) istiqomat qiladi. Eng kam ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan — hududda 100 yoshdan katta atigi 11 nafar fuqaro bor.

 

Mutasaddilar ta’kidlashicha, yuqori yoshdagi pensiya oluvchilar bo‘yicha muntazam monitoring olib boriladi va ularning ijtimoiy himoyasi doimiy nazoratda turadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика