O‘zbekistonda 200 000 so‘mlik banknot va 1 000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul muomalaga chiqariladi. Bu bo‘yicha 5 iyul kuni Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. [https://senat.uz/uz/decisions/view/487] Qarorga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan 200 000 so‘mlik banknot va 1 000 co‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilarining namunalari hamda dizaynlari ma’qullangan. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda 15-iyuldan boshlab 200 000 so‘mlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi xabar qilingandi.