Qishloq xo`jaligi vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 million gektar yerlarni muomalaga kiritish to`g`risida konsepsiya qabul qilingan. Buning natijasida o‘tgan davrda muomaladan chiqqan, lalmi, yaylov yerlardan qariyb 580 ming gektari foydalanishga kiritilgan.
Qayd etiliashicha, o‘zlashgan yerlarda 280 ming aholi bandligi ta`minlangan hamda qo‘shimcha 3,7 mln tonna mahsulot yetishtirilgan.
Bundan tashqari, kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar yerlar foydalanishga kiritilishi, shuningdek, 2 millionga yaqin suv tejovchi texnologiya joriy qilinishi rejalashtirilgan.


