1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 121 ta noqonuniy reklama aniqlandi

Bu bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda 121 ta noqonuniy reklama aniqlandi


O‘zbekistonning 5 ta qadimiy shahrida 72 ta obyektga qonunchilik talablariga zid ravishda 121 ta reklama o‘rnatilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 


Qayd etilishicha, Buxorodagi 27 ta madaniy meros obyektida 50 ta, Samarqanddagi 25 ta obyektda 45 ta, Toshkent shahridagi 18 ta ob’yektda 24 ta, Xivadagi 2 ta obyektda 2 ta reklama banneri o‘rnatilgan. 


Buxoro shahrida joylashgan noyob arxitektura yodgorligi toifasiga kiruvchi XIX asrga oid “Ibrohim Oxund” madrasasida 6x3 o‘lchamdagi “go‘zallik saloni” reklama banneri o‘rnatilib, ob’yektning tarixiy ko‘rinishi to‘liq yopib qo‘yilgan.


Toshkentdagi XX asrga oid “Bahor” restorani binosida 7x9 o‘lchamdagi “bilyard va restoran” reklama banneri o‘rnatilib, bino tarixiy ko‘rinishi ko‘rimsiz holatga keltirilgan.


Prokuratura va  mutasaddi idoralar tomonidan 53 ta obyektda noqonuniy o‘rnatilgan 99 ta reklama bannerlari olib tashlanishi ta’minlanib, madaniy meros obyektlari ko‘rinishi asl holatiga qaytarilgan. Shuningdek, 19 ta ob’yektda noqonuniy o‘rnatilgan 22 ta reklama bannerini olib tashlash yuzasidan mutasaddi shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berilgan.


Ma’lumot uchun; madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qat’iy ta’qiqlanib, ushbu ob’yektlar va ularning yondosh hududlari reklamadan holi etib belgilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика