1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 121 ta tog‘, cho‘qqi va tog‘ tizmalari nomi o‘zgartiriladi

Hukumat qarori bilan geografik obyektlar nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi.

O‘zbekistonda 121 ta tog‘, cho‘qqi va tog‘ tizmalari nomi o‘zgartiriladi

 

 

Vazirlar Mahkamasining 9-yanvardagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston bo‘ylab 121 ta cho‘qqi, tog‘ va tog‘ tizmasi nomlari davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Qaror Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston hududlaridagi geografik obyektlarni qamrab oladi.

 

Qarorga ko‘ra, barcha normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish materiallari va xizmat yozishmalarida faqat tasdiqlangan yangi nomlardan foydalanilishi shart etib belgilandi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ikki oy muddatda hujjatlar, xaritalar va ma’lumotlar bazalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim.

 

Bundan tashqari, tog‘ va cho‘qqilarda o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi. Avvalroq hukumat qarorlari bilan temiryo‘l bekatlari, aeroportlar, avtotransport infratuzilmalari hamda suv obyektlari nomlari davlat tili talablariga moslashtirilgani e’lon qilingan edi. 2026-yildan boshlab esa yangi quriladigan turar joy majmualariga faqat o‘zbek tilidagi nomlar berilishi majburiy bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика