1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda 16 donagina qolgan sirtlonlardan biri o‘ldirildi

“O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan kamyob do‘lta (sirtlon)lardan biri o‘ldirildi.

O‘zbekistonda 16 donagina qolgan sirtlonlardan biri o‘ldirildi

 

Bu haqda “Ekologuz” kanali xabar berdi.  

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi holatga izoh berdi.  Unga ko‘ra, sirtlon ov maqsadida o‘ldirilmagan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Uzun tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi fuqaro p.Ochildiyevda ovchilik qurollari yo‘qligi va ovchilik uyushmasiga aʼzo emasligi, fuqaro joriy yilning fevral oyida tumanning “Xursand” mahallasi hududida fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydoniga qo‘ylarini boqib kelganda tungi vaqtda nomaʼlum yovvoyi hayvon qo‘ylariga hujum qilgan va cho‘poning 5 ta itlari qo‘ylarni himoya qilish maqsadida yovvoyi hayvonni jarohatlab, o‘ldirgan.

 

O‘ldirilgan hayvonning o‘ligini kunduz kuni ko‘rgan cho‘ponlar fotosuratga tushishgan.

 

Fotosuratdagi ikkinchi fuqaro hozirgi vaqtda chet elga ishlash maqsadida ketganligi aniqlandi.

 

Avvalroq Buxoroda “Qizil kitob”ga kiritilgan chol bo‘ktarisi qushini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangandi. Shuningdek, Hisor qo‘riqxonasida ham noyob tog‘ echkisini ovlaganlar qo‘lga olingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика