1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 161 ta aeroport, vokzal va avtoturargoh nomlari yangilanadi

Aeroport va vokzallar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi.

O‘zbekistonda 161 ta aeroport, vokzal va avtoturargoh nomlari yangilanadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi transport infratuzilmasidagi obyektlar nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga moslashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ushbu qaror aeroportlar, avtovokzallar va avtoturargohlar nomlarini milliy til talablariga muvofiqlashtirish va yagona axborot muhitini yaratishni nazarda tutadi.

 

Qarorga muvofiq, mavjud 161 ta aeroport, avtovokzal va avtoturargoh nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi. Shuningdek, yangi nom beriladigan 21 ta obyekt ro‘yxati tasdiqlandi. Bu chora transport infratuzilmasida nomlanishdagi turli xilliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

 

Xususan, Toshkent shahridagi Yashnobod tumanidagi Toshkent—Sharqiy aeroporti Toshkent—Humo nomi bilan qayta nomlandi. Ushbu aeroportning birinchi mehmoni 2025-yil noyabr oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bo‘lgan edi.

 

Qarorga muvofiq, Transport vazirligi, Uzbekistan Airports, Uzbekistan Airvays, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda barcha nomlarni moslashtiradi.

 

Aeroportlar, vokzallar va avtoturargohlardagi peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlari davlat tili qoidalariga mos, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi taʼminlanadi.

 

Avtovokzal va avtoturargohlarga nom berish hamda ularni o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика