1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 2021-yil qancha paxta terib olindi?

Bu haqida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda 2021-yil qancha paxta terib olindi?

 

Matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yil respublikadagi 1,031 ming gektar yer maydonda g‘o‘za yetishtirilib, jami 3,4 million tonna paxta xomashyosi terib olingan.

 

Qayd etilishicha, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda to‘qimachilik korxonalarining yuqori sifatli paxta tolasiga ortib borayotgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, paxta tolasini birjada sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan. Xususan, spekulyativ o‘sishni istisno qilish maqsadida, bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich bahosi keyingi savdo oyining Nyu-York fyuchers kotirovkalari darajasida belgilanadi.

 

Shu munosabat bilan sanoat korxonalariga paxta tolasini nomutanosib yuqori narxlarda, masalan, keyingi savdo oyining Nyu-York fyuchersidan yuqori narxlarda xarid qilmaslik tavsiya etiladi.

 

Shu bilan birga, tegirmon usulida ishlashda (davalcheskiy), iqtisodiy tomondan asoslanganligini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarning ulushlari nisbatini ishlab chiqish (masalan, halqali yigiruvda (Ring) 38 foizga 62 foiz va pnevmomexanik yigiruvda (OE) 33 foizga 67 foiz) tavsiya etilgan.

 

Taʼkidlanishicha, paxta tolasini oshirilgan narxlarda sotib olayotganda, ip-kalava sotilishida asossiz yo‘qotishlar xavfi ortadi. Dunyo bozor tahlillariga ko‘ra, Turkiyada liraning dollarga nisbatan qadrsizlanishi davom etayotgani sababli, import qilinadigan xomashyo nomutanosib ravishda qimmatlashadi va uni sotib olinishi cheklanadi.

 

Javohirbek Tursunov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика