1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 2025-yilda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida 79 mingdan ortiq shaxsga oid jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekistonda 2025-yilda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi

 

 

O‘zbekistonda 2025-yil davomida sudlar tomonidan 79 ming 554 nafar shaxsga nisbatan 63 ming 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud o'zining rasmiy kanali orqali ma'lum qildi.

 

Ko‘rilgan ishlar natijasida jami 63 ming 340 nafar shaxs sudlangan. Shulardan 18 ming 816 nafari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan, 43 ming 531 nafarga esa boshqa turdagi jazolar tayinlangan. Yana 993 nafar shaxs shartli hukm asosida jazolangan.

 

Sudlanganlarning 55 ming 829 nafari erkaklar, 7 ming 511 nafari ayollar bo‘lgan. Shuningdek, 23 ming 973 nafar sudlangan shaxs yoshlar hisoblanadi, ularning 2 ming 431 nafari voyaga yetmagan. 60 yoshdan oshgan sudlanganlar soni esa 2 ming 830 nafarni tashkil etgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 422 kishi to‘liq oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Yarashuv institutlari qo‘llanilishi natijasida 13 ming 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan. Jinoyat ishlarining eng katta qismi Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rib chiqilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика