1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalar xavfsizligi strategiyasi qabul qilindi

Bolalar uchun ijtimoiy integratsiya markazlari tashkil etiladi.

O‘zbekistonda 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalar xavfsizligi strategiyasi qabul qilindi

 

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiya tasdiqlandi. Tegishli Farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

 

Mazkur hujjat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning amaliy va tizimli ijrosini taʼminlash, shuningdek bolalar xavfsizligi va qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlaydigan barqaror himoya mexanizmini shakllantirishga qaratilgan.

 

Strategiya mamlakatimizning bolalar huquqlarini taʼminlash borasidagi milliy va xalqaro majburiyatlarini izchil bajarish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash hamda uni bartaraf etishdagi qatʼiyatini namoyon etishga xizmat qiladi.

 

Hujjat jahon tajribasi va ilg‘or amaliyotlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bolalar uchun ishonchli va samarali himoya tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Xususan, 2026 yildan boshlab professional tutingan oilalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali bolalar va ularning oilalariga psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Ustuvor vazifa — oilani qo‘llab-quvvatlash va uni saqlab qolishdan iborat.

 

Shuningdek, mavjud o‘quv-tarbiya muassasalari negizida bolalarni jamiyatga moslashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy integratsiya markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Qonunchilikka kiritiladigan o‘zgartirishlar esa bola huquqlarini yana-da mustahkamlashga qaratiladi.

 

“Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi va mazkur islohotlarni amalga oshirishda ishtirok etgan barcha hamkorlarga minnatdorlik bildiraman”, — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика