1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda 6 nafar mansabdor shaxs tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgani aniqlandi

Ro‘yxatda jurnalist Shokir Sharipov va “Kun.uz” nashrini sudga berib, 1 mlrd so‘m tovon puli talab qilgan rahbar, 3 nafar hokim va Milliy antidoping agentligi direktori bor.

O'zbekistonda 6 nafar mansabdor shaxs tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgani aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma'lumotlariga ko'ra, respublikadagi 6 nafar rahbar mansabdor shaxs  (3 nafar tuman-shahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qo‘mita rahbari) tadbirkorlik subyektlarining taʼsischilari ekanligi aniqlangan.

 

Xususan:

  • Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov “Total Oil” MCHJ;
  • “Axborotlashtirish Bosh markazi” DUK rahbari D.Sarixodjayev “Musammo” MCHJ;
  • Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi S.Nosirova “Sabina Issiq Nonlari 777” va “Ko‘mir Sanoati” MCHJlar;
  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev “Zarafshan Golden Group” va "Zarafshon Grand Invest"  MCHJlar, “G‘ani Bobo Chorvasi” fermer xo‘jaligi;
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov“Sanico Group” va “Uv-Maks” MCHJlar;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi rahbari B.Sharipov “Karomat Oyijon-Surxon” fermer xo‘jaligida taʼsischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

 

Ta'kidlanishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning yuqori turuvchi idoralariga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, yuqoridagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berilishi (mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi) choralari ko‘rilmoqda.

 

 

Maʼlumot uchun, Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov “Kun.uz” va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga daʼvo arizasi kiritgandi.

 

Bahrom Sharipov o‘z daʼvo arizasida “Kun.uz” maqolasidagi maʼlumotlarni asossiz deb atagan hamda bu o‘zi va oilasining obro‘siga putur yetkazganini qayd etgan. U suddan tahririyat va jurnalistni raddiya eʼlon qilish, omma oldida kechirim so‘rash va ulardan maʼnaviy zarar uchun 1 milliard so‘m undirishni so‘ragandi.

 

Keyinchalik Bahrom Sharipov “Kun.uz” va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика