1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 70 ga yaqin qimorni targ‘ib qiluvchi veb-sayt bloklandi

Joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan ishlar natijasida, umumiy hisobda 86 ta sayt tekshiruvdan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 70 ga yaqin qimorni targ‘ib qiluvchi veb-sayt bloklandi

 

Raqobat qo‘mitasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlarni doimiy ravishda o‘rganish va tahlil qilish ishlarini olib bormoqda. Ushbu ishlar reklama sohasidagi qonunbuzilishlarni aniqlash va tezkor chora ko‘rishga qaratilgan.

 

Tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik asosida, bookmakerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan ishlar natijasida, umumiy hisobda 86 ta sayt tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 70 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.

 

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning reklamasiga qat’iy taqiq qo‘yilgan.

 

Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi va aholiga xavfsiz reklama muhitini ta’minlashga qaratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика