1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 9 oyda 15–17 yoshli 155 nafar qiz erta turmushga berilgan

SSV rahbari erta nikohlar salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda 9 oyda 15–17 yoshli 155 nafar qiz erta turmushga berilgan

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida mamlakat bo‘ylab 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga chiqqanini ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erta turmushga chiqqan qizlarning yoshi 15–17 oralig‘ida bo‘lgan. Vazirning ta’kidlashicha, bunday nikohlar, ayniqsa, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida tuziladigan bo‘lsa, tibbiy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi hamda nogiron farzandlar tug‘ilishi xavfini oshiradi.

 

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajralib ketgani, 16 ming ota-ona esa aliment to‘lash majburiyatini bajarmayotgani qayd etilgandi. Yig‘ilishda ajrimlarning ijtimoiy oqibatlarini yumshatish, xususan, nikoh shartnomasi tuzish amaliyotini kengaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика