1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda avtokredit stavkasini pasaytiriladi

Avtomobil sanoati ishlab chiqarish dasturi 10,5 foiz o‘sishga moslab qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda avtokredit stavkasini pasaytiriladi

 

13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda aholi talabini rag‘batlantirish choralari muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda Prezident aholining mahalliy avtomobillarga talabini oshirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi.

 

Hozirda mamlakatda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona faoliyat yuritadi. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxona bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detal ishlab chiqarish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

 

Chirchiqdagi klaster to‘liq quvvatda ishlab, agrotexnikalarni arzon narxda chiqarishi, lizing kompaniyalari bilan qulay moliyaviy instrumentlar tashkil qilinsa, dehqon va fermerlar yiliga kamida 15 mingta texnikani sotib olishga tayyor.

 

Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga har bir imkoniyatni tahlil qilib, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5% o‘sishga moslab qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика