1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda avtomaktablarning litsenziyalash pasporti tasdiqlandi

Litsenziya IIV tomonidan yuridik shaxsga beriladi.

O‘zbekistonda avtomaktablarning litsenziyalash pasporti tasdiqlandi

 

Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

 

Kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda. Unga ko‘ra:

 

  • litsenziya yuridik shaxsga beriladi;
  • litsenziyalovchi organ – IIV;
  • arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori – BHM 2 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari.

 

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

 

  • yong‘in va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining xulosasi;
  • pedagogik kadrlar haqida ma’lumot;
  • o‘quv reja va dasturlarining elektron nusxalari.

 

Hujjat 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика