1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ayol sudyalar soni oshiriladi

2023/2024 o‘quv yilida xotin-qizlarga qo‘shimcha 12 ta kvota ajratildi.

O‘zbekistonda ayol sudyalar soni oshiriladi

 

Ayni paytda O‘zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi

 

➖O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi (bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 51%, Rossiyada 66%, Sloveniyada 70%, Portugaliyada 75%).

 

➖Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilingan.

 

➖Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar  oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

 

➖O‘quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o‘tash  jami o‘qish davrining qariyib yarmini tashkil qiladi).

 

➖Hujjatlar 2023 yilning 5 iyuniga qadar qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика