Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 4 va 5 qavatli binolarga lift o‘rnatish bo‘yicha maxsus dastur ustida ishlamoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu tashabbus xalqaro tajribaga asoslanadi. Ko‘plab davlatlarda 4–5 qavatli uylarda lift o‘rnatish keng tarqalgan amaliyot hisoblanadi.
Mazkur loyiha aholining qulayligi, ayniqsa, yoshi katta va nogironligi bor fuqarolarning erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Dastur tafsilotlari va amalga oshirish muddatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.


