1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—iyun oylarida benzin narxi 17 foizga qimmatlashganini maʼlum qildi. Iyunda benzin respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 foizga, propan esa 8,7 foizga qimmatlashgan.

O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—iyun oylarida benzin narxi 17 foizga qimmatlashganini maʼlum qildi. Iyunda benzin respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 foizga, propan esa 8,7 foizga qimmatlashgan.

Qo‘mita hisobotida keltirilishicha, 2021 yil boshidan narxlarning sezilarli oshishi benzin (17,0 foiz) hamda shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash xizmatlari (8,2 foiz) narxlarida qayd etilgan. Yillik nisbatda esa inflyatsion jarayonlar benzin (38,9 foiz), shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash xizmatlari hamda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari (18,8 foiz) narxlarida yaqqol namoyon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 3 maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshladi. 2020 yilning dekabrida mazkur markadagi benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021 yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashgan, 2021 yilning fevralida ushbu benzin narxi qariyb 5 foizga oshgandi. Mart oyida 1,4 foizga pastlagan bo‘lsa, aprel oyida 0,2 foizga, may oyida 3 foizga yana oshgan. Toshkentda iyun oxirlarida eng xaridorgir Ai-80 markadagi benzin narxi 6000 so‘mga ko‘tarilgani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика