1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda bir yilda 177 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi

Mamlakatda o‘limning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda bir yilda 177 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 177 104 nafar fuqaro vafot etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2 700 taga ko‘p.

 

Qayd etilishicha, vafot etganlarning 55,1 foizi erkaklar (97,5 ming nafar), 44,9 foizi ayollar (81,4 ming nafar) hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘lim holatlarining 54,1 foizi shahar, 45,9 foizi qishloq aholisi orasida qayd etilgan.

 

Tahlillarga ko‘ra, qon aylanish tizimi kasalliklari mamlakatda o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda ushbu kasalliklar oqibatida 104 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, neoplazmalar, nafas olish yo‘llari hamda boshqa kasalliklar o‘lim sabablarida keyingi o‘rinlarni egallagan.

 

Hududlar kesimida eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari Samarqand (19 670), Farg‘ona (18 695) va Toshkent viloyati (16 984) da qayd etilgan. Toshkent shahrida esa yil davomida 16 926 nafar fuqaro vafot etgan. Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (4 624) va Navoiy (4 781) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Shu bilan birga, mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oshib bormoqda. Agar 1991-yilda bu ko‘rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 75,1 yoshga yetgan. Hukumat 2030-yilga borib o‘rtacha umr ko‘rishni 78 yoshga yetkazishni maqsad qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика