1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O'zbekistonda birinchi marta 15 yoshli bemorda jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi

Bemorga hozirda zarur tibbiy muolajalar ko'rsatilmoqda.

O'zbekistonda birinchi marta 15 yoshli bemorda jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi

 

Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqida SSV matbuot xizmati xabar berdi. Aytish joizki, jigar transplantatsiyasi – o‘ta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda o‘tkazish juda murakkab hisoblanadi.

 

Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun’iy organlar markazi yetakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi.

 

Natijada surunkali jigar yetishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qo‘yilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forig‘ bo‘ldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi.

 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, hozir bemorning ahvoli yaxshi. Zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика