1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioxabarga IIV rasmiy munosabat birdirdi.

O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi?

 

Ovozli xabarlarda aytilishicha, Toshkentdagi 38-Orom maktabi yonida, Qorasaroy turar joy majmuasida, Qorasuvda va boshqa hududlarda bola o‘g‘irlashga urinishlar qayd etilgan. Shuningdek, bir nechta bola dom-daraksiz yo‘qolgani, bu holatlarga mutasaddilar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmayotgani haqida aytilgan.

 

Farg‘onada ham bola o‘g‘irlash bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh mavjudligi aytiladi.

 

Ushbu audioxabarlarga IIV axborot xizmati rahbari Sh.G‘iyosov munosabat bildirdi.

 

«Bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq. Internet orqali yolg‘on maʼlumot tarqalishiga sababchi bo‘layotgan subyektlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi», — deyiladi rasmiy munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика