O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmagan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.
