1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekistonda Daniyaning Faxriy konsulligi ochiladi

Kecha BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda Daniyaning Faxriy konsulligi ochiladi

 

Kecha, 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Daniya tashqi ishlar vaziri Jeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Vladimir Norov O‘zbekiston tomoni Daniya hukumatining O‘zbekistonda Faxriy konsullik ochish haqidagi qarorini olqishlashini aytdi. Shundan so‘ng, Toshkent va Kopengagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.

 

TIV xabariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish orqali siyosiy muloqotni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligini qayd etgan.

 

O‘zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risida Protokol tuzish taklif etildi.

 

Savdo va sarmoyaviy aloqalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика