1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O‘zbekistonda “delta” shtammi keng tarqalmoqda

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining yaqinda paydo bo‘lgan yangi “delta” shtammi keng tarqalmoqda.

O‘zbekistonda “delta” shtammi keng tarqalmoqda

Bu haqda 1-sonli Zangiota ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Olimjon Isʼhoqov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi. 

“Hozirda ko‘proq delta shtammi aniqlanmoqda. Lekin vaziyat nazoratda. Hozir shifokorlar ancha tajribali, protokol bo‘yicha ishlamoqda. Oldingi yilga qaraganda o‘lim ko‘rsatkichi past”, deydi shifokor. 

U koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun aholi faol ravishda vaksina olishi kerakligini taʼkidladi. 

“Oxirgi vaqtlarda kasallanganlar orasida homilador ayollar va bolalar soni ortib ketdi. Bu vaksina olinmaguncha hal bo‘ladigan muammo emas ekan”, deydi Olimjon Isʼhoqov. 

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda iyun oyining oxirida koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan “delta” shtammi aniqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика