1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda dollarlashuv pasaymoqda

O‘zbekiston iqtisodiyotida 2020-2025-yil orasida dollarlashuv sezilarli darajada pasaygan. O‘tgan 3 har yillik siljish davrida daollarlashuv tabiiy darajasi 19,8 foizga teng ekanligi aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank o‘tkazgan tadqiqotda ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda dollarlashuv pasaymoqda

Dollarlashuvning tabiiy darajasi 2020-yil yanvar oyida 24,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa. 2025-yil oktyabr oyi oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 17,8 foizni tashkil qiladi.

 

2025-yil oktyabr oyida umumiy muddatli depozitlar dollarlashuv darajasi qisqa muddatli (12 oylik) siljish davri asosida hisoblangan dollarlashuvning tabiiy darajasidan 3,5 foiz bandga, hamda uzoq muddatli (3 yillik) siljish davri asosida hisoblangan dollarlashuvning tabiiy darajasidan 2 foiz bandga yuqori ekanligi aniqlandi.

 

Tahlilga ko‘ra, mamlakatda muddatli depozitlardagi dollarlashuv keskin kamaygan. Xususan, korxonalar muddatli depozitlari bo‘yicha dollarlashuv darajasi 2019-yildagi 48,2 foizdan 2025-yil noyabrdagi 20,5 foizgacha tushgan. Mazkur davrda aholi muddatli omonatlaridagi dollarlashuv ham 32,6 foizdan 22,5 foizgacha pasaygan. Biroq talab qilib olguncha depozitlar (istalgan vaqtda qaytarib olish mumkin bo‘lgan mablag‘lar) dollarlashuvi uzoq muddatli davrda 40 foizdan yuqori darajada shakllanyapti.

 

2019-yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari O‘zbekiston uchun dollarlashuv tabiiy darajasi uchun bu ko‘rsatkich 16,5 foizni tashkil etgan.

 

Ma’lumot uchun, dollarlashuv — bu biror davlat iqtisodiyotida AQSh dollari mahalliy valyutaga nisbatan keng qo‘llanila boshlashi jarayoni. Agar mamlakatda dollarlashuv oshib ketsa bu mahalliy valyutaga ishonch pasaygani va shu mamlakatda inflyatsiya kuchli ekanligini anglatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика