1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oʻzbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va jinoiy jazolar kuchaytirildi

Daraxtlarni yo‘q qilish va tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik qat’iylashtirildi.

Oʻzbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va jinoiy jazolar kuchaytirildi

 

Oliy Majlis Senati atrof-muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirishga hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi . Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikda ayrim ekologik huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy jazolar ushbu xatti-harakatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda yetkazilgan zarar miqdoriga mutanosib bo‘lmagani sababli, bunday holatlar soni ortib bormoqda. Shu munosabat bilan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Xususan, “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, atrof-muhitga ta’sirning I va II toifalariga mansub faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ifloslanish manbalariga o‘rnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari orqali olinadigan ma’lumotlarni Davlat atrof-muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga real vaqt rejimida uzatishi shart etib belgilandi.

 

“Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda ruxsat etilmagan joylarga tashlangan chiqindilarni olib tashlash yoki olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash majburiyati mustahkamlandi.

 

Shuningdek, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnoma berish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Qonun bilan atrof-muhitni ifloslantirish, yer va yer osti boyliklaridan foydalanish qoidalarini buzish, qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘rmonlar, daraxtlar va boshqa o‘simliklarga zarar yetkazish yoki ularni yo‘q qilish uchun jinoiy jazo choralari kuchaytirildi.

 

Bundan tashqari, aholi punktlarida sug‘orish tizimlarini ko‘mish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi tuproq va yashil qoplamali maydonlarni ruxsatsiz betonlash kabi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика