1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologlar uchun faxriy unvon taʼsis etildi

U salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

O‘zbekistonda ekologlar uchun faxriy unvon taʼsis etildi

O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini taʼsis etish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

 

Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

 

Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика