1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi tarixiy rekord qayd etildi

24-yanvar kuni mamlakatda sutkalik elektr sarfi 283 million kVt soatga yetib, avvalgi rekorddan sezilarli darajada yuqorilagan.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi tarixiy rekord qayd etildi

 

 

 

O‘zbekistonda 2026-yil 24-yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik iste’moli bo‘yicha mutlaq rekord yangilandi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kichik quvvatli quyosh generatsiyasini hisobga olmaganda, bir kunda 283 million kVt soat elektr energiyasi sarflangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi rekorddan sezilarli darajada yuqori.

 

Taqqoslash uchun, 2025-yil 11-yanvar kuni qish mavsumidagi eng yuqori sutkalik iste’mol 271,8 million kVt·soatni, yozda esa — iyul oyida — 272,6 million kVt·soatni tashkil etgan edi. O‘tgan shanba kuni qayd etilgan yangi ko‘rsatkich mamlakat energetika tizimi yuklamasining keskin oshganini ko‘rsatadi.

 

25-yanvar kuni elektr stansiyalarida jami 264,2 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, bu reja ko‘rsatkichidan 103 foizga ko‘p bo‘ldi. Aholi va iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr hajmi ham 246,9 million kVt·soatni tashkil etib, belgilangan rejadan oshib ketdi. Shu bilan birga, sutka davomida 144,7 million kub metr tabiiy gaz iste’mol qilingan.

 

Energetika vazirligi, shuningdek, suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi ham rejadagidan yuqori bo‘lganini bildirdi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun 2 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Elektr va gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etilib, tizimda 24/7 rejimida mingdan ortiq maxsus brigadalar uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика