Germaniyaning “KfV” banki O‘zbekistonga 12 yil muddatga 45 million yevro qarz va 5,5 million yevro grant ajratmoqda. Bu mablag‘ “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi uchun ishlatiladi.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2023–2025 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida yana bir qator loyihalar nazarda tutilgan:
➖ Sanatoriylarga yo‘llanma olish, navbatni kuzatish va mavjud bo‘sh o‘rinlarni ko‘rish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
➖Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritishga mo‘ljallangan “Sanser-registr” axborot tizimini joriy etish;
➖Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
➖Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.


