1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Etika qo‘mitasi tashkil etilmoqda

1-maydan boshlab 4 ta yangi qo‘mita faoliyat boshlaydi.

O‘zbekistonda Etika qo‘mitasi tashkil etilmoqda

 


O‘zbekistonda 1-maydan boshlab kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bir qator qo‘mitalar — Strategiya va investisiyalar qo‘mitasi, Audit qo‘mitasi, Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etiladi.

 

Bu haqda prezidentning “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatib o‘tilgan. 

 

Farmonga muvofiq, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan keyin ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика