
Bunga ular qonun talablariga zid ravishda o‘zbekistonliklarning shaxsiy maʼlumotlarini O‘zbekistondan tashqarida saqlashi va qayta ishlashi sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonda shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan Twitter, TikTok, “VKontakte”, Skype va WeChat o‘rin olgani maʼlum bo‘ldi.
Ushbu servislarga “O‘zkomnazorat” ko‘rsatmasi iyun oyi o‘rtalarida yuborilgan, oradan ikki hafta o‘tib ular faoliyati cheklangan. Kompaniyalar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirsa, shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan chiqariladi.
Spot‘ning yozishicha, shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri Facebook, Google, Telegram‘ga ham ko‘rsatma yuborgan. Ularning ishiga hozircha cheklov o‘rnatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunining 27-1-moddasi (O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari) qonunga 2021 yil 14 yanvardagi qonun bilan kiritilgan bo‘lib, uning amal qilishi 2021 yil 15 apreldan boshlangan edi.


