1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda farzandlikka olish bo‘yicha huquqiy mezonlar eʼlon qilindi

Yetim va ota-onasidan mahrum bolalarni aniqlash va ularni muqobil joylashtirish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda farzandlikka olish bo‘yicha huquqiy mezonlar eʼlon qilindi

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularni muqobil joylashtirish shakllariga yo‘naltirish va hisobga olish tartibi belgilangan. Ushbu tartib asosida hisobga olingan bolalar belgilangan qoidalarga muvofiq farzandlikka olinishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qonun hujjatlarida farzandlikka olinishi mumkin bo‘lgan bolalarning aniq toifalari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, quyidagi holatlarda bolalar farzandlikka beriladi:

— ota-onasi vafot etgan bolalar;

— ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bolalar;

— ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;

— ota-onasi bolani tarbiyalash yoki uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan bolalar;

— ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida uzrli sabablarsiz bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan xabar olmagan bolalar;

— ota-onasi tarbiyalash, davolash yoki aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridan bolasini olishdan bosh tortgan bolalar;

— ota-onasi bedarak yo‘qolgan yoki sud tartibida vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, mazkur huquqiy asoslar bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni barqaror va sog‘lom oila muhiti bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика