1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda garovga qo‘yilgan mulkka zarar yetkazganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

Amaliyotda garovga qo‘yilgan transport vositalarini boshqa shaxslarga ijaraga berish, tekin foydalanishga topshirish, mamlakat hududidan olib chiqib ketish yoki yashirish holatlari uchrayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda garovga qo‘yilgan mulkka zarar yetkazganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

 

O‘zbekistonda garovga qo‘yilgan mulkka zarar yetkazganlik yoki uni noqonuniy tasarruf etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Ushbu tashabbus garov mulkini himoya qilish va qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

 

Qayd etilishicha, amaliyotda garovga qo‘yilgan transport vositalarini boshqa shaxslarga ijaraga berish, tekin foydalanishga topshirish, mamlakat hududidan olib chiqib ketish yoki yashirish holatlari uchramoqda. Bunday vaziyatlarda yetkazilgan zarar miqdori kam bo‘lsa, amaldagi qonunchilikda aniq javobgarlik choralari belgilanmagan.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 61-3-modda bilan to‘ldiriladi. Unga asosan, garovga qo‘yilgan mulkka bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda zarar yetkazilgan holatlarda ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi. Hozirda esa Jinoyat kodeksida javobgarlik faqat zarar miqdori ancha katta bo‘lgan holatlar uchun belgilangan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi garov mulkidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, mulk egalarining huquqlarini himoya qilish hamda moliyaviy munosabatlarda tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика