Ijtimoiy tarmoqda gaz va elektr energiyasiga to‘lov narxlarining oshirilishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ish jarayonida.
Hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.uz saytiga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi.


