Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 mayda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 va 22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-21 mayda 8-13 daraja, 22 mayda 10-15 daraja, kunduzi 20 mayda 20-25 daraja, 21-22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-21 mayda 8-13 daraja, 22 mayda 10-15 daraja, kunduzi 20 mayda 20-25 daraja, 21-22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-21 mayda 20-25 daraja, 22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 21mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 22 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutimaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 20-21 mayda 9-14 daraja, 22 mayda 11-16 daraja bo‘ladi.


