1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

Baʼzi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

 

Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kun o‘rtasiga borib havo harorati 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 16 noyabrda O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 17-18 noyabrda respublika barcha hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

 

16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

 

16-noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi va harorat 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

 

17-noyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, qorga aylanadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 5-8 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

18-19 noyabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida 18 noyabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Harorat kechalari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda 12-15 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuq atrofida saqlanib turadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика