1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” havo haroratining isishidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonda harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

 

Eron hududlaridan issiq havo oqimlari kirib kelishi sababli respublika hududida havo harorati maksimal darajaga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” direktori Facebookdagi sahifasida xabar berdi.

 

Sherzod Habibullayevning maʼlum qilishicha, Eron hududidan 5-8-iyun kunlari O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Ayrim joylarda 7-8-iyun kunlari shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Natijada ayrim hududlarda maksimal havo harorati odatdagi meyoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

 

Jumladan, 5−6 iyunda harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha ko‘tariladi. 6−8 iyunda esa Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi. Shuningdek, 5−8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha, 7−8 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida harorat 36-39 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика