1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Respublikaga Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga issiq biroz pasayadi.

O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

 

Kavkaz hududlaridan O‘zbekistonga nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga 20-iyundan boshlab issiq biroz pasayadi. Natijada havo harorati ish haftasining oxirigacha 33-38 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning janubiy hududlarida issiq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi. Harorat asosan 39-41 daraja, Surxondaryo viloyatida hafta o‘rtasiga kelib, baʼzi joylarda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

 

"Shuningdek, 20-iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Toshkent viloyatining baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Haftaning birinchi yarmida ob–havoning beqarorligi respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida saqlanib turadi – baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi. Bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga baʼzi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoldan holis emas", — deyiladi “O‘zgidromet” xabarida.

 

Qayd etilishicha, 19-20-iyun kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda, 23-iyunda janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Toshkent shahrida havo harorati ish haftasining oxirigacha 35-37 daraja atrofida bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика