1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk auksion uyi ochildi

Uning birinchi savdosini o‘tkazish aprel oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda ilk auksion uyi ochildi

 

O‘zbekistonda birinchi auksion uyi va baholash kompaniyasi ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.

 

Uning asosiy faoliyati mamlakatdagi tasviriy va amaliy sanʼat sohasidagi ijodkorlarning reytingini oshirishga qaratilgan. Tashkilot ijodkorlarning asarlarini sotish va baholash imkoniyatini yaratib beradi.

 

Birinchi auksionda respublikada yashab ijod qilgan mashhur rassomlar bilan bir qatorda, tanilmagan rassomlarning asarlari ham savdoga qo‘yiladi.

 

Sanʼat asarlarini baholovchi yagona tashkilot rasmlar ko‘rgazmasi, baholash komissiyasi, texnologik tajribalar laboratoriyasi, sanʼat obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish va kimoshdi savdosi jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика